To'g'ri nomzodni AI bilan topish

HR menejerlar minglab rezyumelarni o'qishdan charchadimi? AI rekruting jarayonini qanday tezlashtiradi va inson omilini kamaytiradi?

Sana

19/12/2025

Muallif

Ismoil Safarov

Turkum

AI

O'qish vaqti

2 daqiqa

Main Image
Main Image
Main Image

Yaxshi mutaxassis topish — pichan ichidan igna qidirishdek gap. HR menejerlar vaqtining 80 foizini mos kelmaydigan rezyumelarni o'qishga sarflaydi. AI bu jarayonni tubdan o'zgartirmoqda.

ATS va AI Skrining

Zamonaviy ATS (Applicant Tracking System) tizimlari rezyumelarni kalit so'zlar bo'yicha emas, balki ma'no jihatdan tahlil qiladi.

  • Obeyktivlik: AI nomzodning jinsi, yoshi yoki rasmidan emas, faqat tajribasi va ko'nikmalaridan kelib chiqib baholaydi.

  • Tezlik: 1000 ta rezyumeni 1 daqiqada saralab, eng mos 10 tasini taqdim etadi.

Onboarding va Training

Yangi xodim ishga kelganda unga kompaniya qoidalarini tushuntirish kerak. Har safar buni HR gapirib o'tirmasligi uchun, AI botlar xodimga barcha kerakli hujjatlarni yuboradi, savollariga javob beradi va dastlabki testlarni o'tkazadi.

Xulosa

AI HR mutaxassisini ishdan bo'shatmaydi, aksincha uni "rejali ishlar"dan qutqarib, xodimlar bilan jonli muloqot qilish va korporativ madaniyatni rivojlantirishga vaqt ajratishiga imkon beradi.

Create a free website with Framer, the website builder loved by startups, designers and agencies.