Veb-dizayn kursi
Veb-dizayn bo'yicha fundamental kurs. Figma dasturi, UX/UI qoidalari, Wireframe va Responsive dizayn. Xalq ta'limi vazirligi tasdiqlagan 4 bosqichli o'quv dasturi.
Muallif
Ismoil Safarov
Kurs turi
Onlayn
Davomiylik
10 soat
Narxi
Bepul
Kurs haqida
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan ushbu dastur, veb-dizayn sohasini 4 ta tizimli modul orqali noldan fundamental darajagacha o‘rgatadi.
Nazariy poydevor: 1 - modulda dizaynning vazifasi, veb-dizaynerlik kasbi mohiyati va eng muhimi — foydalanuvchi psixologiyasi chuqur o‘rganiladi.
Texnik qurol: 2 - modulda sohaning asosiy dasturi bo‘lmish Figma to‘liq o‘zlashtiriladi. Dasturni o‘rnatishdan boshlab, komponentlar, stillar va variantlar bilan ishlashgacha bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.
UX/UI va dizayn qoidalari: 3 - modulda UX va UI farqlari, tipografika, ranglar nazariyasi, Wireframe chizish va Responsive (moslashuvchan) dizayn qoidalari o‘rgatiladi. Shuningdek, kelajakdagi karyerangiz uchun portfolio yuritish sirlari bilan tanishasiz.
Real amaliyot: 4 - modulda olingan bilimlar asosida to‘liq veb-sayt (Bosh sahifa, About, Work va Footer qismlari) yaratiladi. Loyihangiz nafaqat kompyuter, balki planshet va mobil qurilmalar uchun ham to‘liq moslashtiriladi.